Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

Toshkent tumanida Innovatsion texnologiyalar boʻyicha seminar oʻtkazildi.

22-09-2023
image
 

Innovatsion texnologiyalar boʻyicha seminar oʻtkazildi

 

Joriy yil 21-sentabr kuni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan Toshkent tumanidagi

20-umumtaʼlim maktabida "Innovatsion texnologiyalar rivoji" mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

 

 

 

 

Seminarda Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi mutaxassislari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimlari hamda Nurafshon shahrida joylashgan IT-Park menejeri qatnashdi.

 

"Bir million dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi boʻlgan "Coursera" platformasining bepul hamda professional maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish jarayonlari, "Taʼlim" resurslaridan foydalanish boʻyicha tushunchalariga bagʻishlangan seminarda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi AKT metodistlari ishtirok etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish