T/r |
Axborotning turi, toifalar nomlanishi (parametrlar) |
1. |
Davlat organlari va tashkilotlarining o'z faoliyatiga oid hisoboti (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo'ljallangan ma'lumotlar bundan mustasno). (PF-6247, 1-band) |
2. |
Davlat xaridlari to'g'risidagi ma'lumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar). (PF-6247, 3-band) |
3. |
Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog'liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo'ljallangan ma'lumotlar bundan mustasno). (PF-6247, 4-band) |
4. |
Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to'g'risidagi ma'lumotlar (xarid e'lon qilinishidan kamida 6 oy oldin). (PF-6247, 5-band) |
5. |
Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo'yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar, shu jumladan:
xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror;
xarid komissiyasi a'zolarining ma'lumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi). (PF-6247, 6-band) |
6. |
Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to'g'risidagi va boshqa ma'lumotlar. (PF-6247, 14-band) |
7. |
Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko'chmas mulklar, qurilishi tugallanmagan obyektlar to'g'risidagi ma'lumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno). (PF-6247, 15-band) |
8. |
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida mas'ul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya a'zolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi) to'g'risidagi ma'lumotlar. (PF-6247, 16-band) |
9. |
Quyidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar egalarining ismi va familiyalari:
xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish;
iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish;
bank faoliyatini amalga oshirish;
mahalliy va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha temir yo'l transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni tashish;
farmatsevtika faoliyati;
ko'priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash faoliyati;
neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati;
magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta'mirlash faoliyati;
import kontraktlarini ekspertizadan o'tkazish va ro'yxatga olish;
davlat o'rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o'rish va chorva mollarini o'tlatish. (PF-6247, 17-band) |
10. |
Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari to'g'risidagi ma'lumotlar, shu jumladan:
jamoatchilik kengashining tasdiqlangan a'zolari haqidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa ma'lumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari);
jamoatchilik kengashining yig'ilishlari va kun tartibidagi masalalar. (PF-6247, 29-band) |
11. |
Davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo'ljallangan ma'lumotlar bundan mustasno). (PF-6247, 30-band) |
12. |
Davlat organlariga doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar. (PF-6247, 31-band) |
13. |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning tashqi yoki ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi mavjud bo'lgan xo'jalik jamiyatlari, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar. (PF-6247, 32-band) |
14. |
O'zlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari to'g'risidagi ma'lumotlar. (PF-6247, 34-band) |