Ta’tilda zamonaviy kasblarni tekin o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun yangi loyiha e’lon qilindi. Vazirlik tashkil qilgan Milliy ta’lim resurslari kanali 14 xil kasblarni bepul o‘rganish imkonini beradi.
Milliy ta’lim resurslari kanalida zamonaviy kasblarning 14 yo‘nalishida 500ga yaqin videodarslar joylangan. Ushbu onlayn darslar professional mutaxassislar tomonidan ishlab tayyorlangan bo‘lib, mutlaqo tekin. Videokurslar yo‘nalishi quyidagicha:
- 1. Foto tahrirlash
- 2. AutoCAD
- 3. Logistika
- 4. 2D Animatsiya
- 5. 3D Animatsiya
- 6. 3D MAX Start
- 7. 3D MAX Interer
- 8. 3D MAX Eksterer
- 9. Frontend
- 10. JavaScript Node JS
- 11. Elektron tijorat
- 12. Digital marketing
- 13. Android dasturlash
- 14. Video montaj
Ushbu elektron kurslar umumta’lim maktab o‘quvchilarini ham shaxsiy, ham kasbiy rivojlantirishni maqsad qilgan.
22-07-2022
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish