Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

03-07-2022
image

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-,4-,5-,6-,7- va 8-iyul kunlari bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.

Test jarayonlari 3-iyul kuni 08:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 3 smenada - 08:00 13:00 va 18:00 da bo'lib o'tadi.

Eslatib o‘tamiz,  imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish