Asosiy fan olimpiadasining uchinichi-hududiy bosqichi 25-noyabr-5-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi
25-noyabrda Respublikamizning barcha hududlarida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.
Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o‘quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.
Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar:
1-o‘rin uchun BHMning 6 baravari;
2-o‘rin uchun BHMning 4 baravari;
3-o‘rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Mazkur bosqichda 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Asosiy fan olimpiadasining Toshkent viloyati bosqichi boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida:
Olimpiada Olmaliq shahridagi 1-sonli IDUMda bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu fan olimpiada jarayonlari 4-dekabrga qadar davom etadi.
Olimpiada jarayonlarida tez yordam, FVV hamda milliy gvardiya hodimlari jalb etilgan.
Mazkur bosqichda 32 470 nafar fanlar yo‘nalishida kuch sinashdi.
Shundan,
1-guruh fanlari doirasida:
Matematika - 218 nafar
Informatika - 209 nafar
Fizika - 217 nafar
Biologiya - 214 nafar
Kimyo - 217 nafar
Jami -1075 nafar;
2-guruh fanlari doirasida:
Ona tili va adabiyot - 213 nafar
O‘zbek tili - 204 nafar
Rus tili va adabiyoti - 207 nafar
Ingliz tili - 215 nafar
Nemis tili - 55 nafar
Fransuz tili - 36 nafar
Tojik tili - 47 nafar
Qozoq tili- 132 nafar
Tarix - 210 nafar
Geografiya - 211 nafar
Huquq - 210 nafar
Jami -1740 nafar o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, asosiy fan olimpadasining uchinchi – bosqichiga yo‘llanma oldilar.
25-noyabr kuni fizika, kimyo, matematika, biologiya (11-sinf) hamda informatika fani (10-sinf) o‘quvchilari sinovlarda 354 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.
Olimpiada jarayonlarini shaffofligini ta'minlash maqsadida youtube, facebook hamda telegram ijtimoiy tarmoqlarida online tomosha qilish uchun qr kodli havolalar yopshtirildi va ishtirokchilar va ularning ota-onalari ustozlariga tarqatildi.