O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami Toshkent viloyatida keng nishonlanmoqda
O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan Qibray tumani "Do‘rmon" sihatgohidagi tantanalar majmuida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda viloyatda faol mehnat qilayotgan fidoyi o‘qituvchilar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim jonkuyarlari va mas’ullar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan o‘qituvchi va murabbiylarga orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, faoliyatida erishgan yuksak ijobiy natijalari uchun bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.