Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

Biz Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni barchamiz birgalikda albatta barpo etamiz

04-07-2022
image

Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan kuni kecha viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘z munosabatini bayon qildi. Kunning ikkinchi yarmida viloyat xalq ta’limi boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Azamat Kamalov rahbarligida ushbu munosabat barcha xodimlar bilan birgalikda o‘rganildi. Shu bilan birga Prezidentimizning holat bo‘yicha olib borayotgan ishlari xodimlarga atroflicha tushuntirildi.

Hech kimga sir emas, hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida o‘zaro shafqatsiz raqobat, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, separatizm, millatchilik, radikalizm kabi tahdidlar tobora kuchayib bormoqda.

Ana shunday tahlikali vaziyatda mamlakatimizda yashayotgan turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, go‘zal diyorimizda barqaror va bardavom taraqqiyotni ta’minlash, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish barchamizning, avvalo, rahbar va mutasaddilarning nafaqat vazifasi, balki muqaddas insoniy burchimiz ekanligini, boshqarma boshlig‘i Azamat Kamalov yig‘iish so‘nggida bayon qildi.

 

 

Biz faqat mana shu yo‘l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga munosib javob berishimiz, turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi jamiyatimizda, avvalo, yoshlarimiz qalbida mustahkam immunitet yaratishimiz, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan demokratik islohotlar yo‘lidan ortga qaytmasdan yanada samarali natijalarga erishishimiz mumkin.

Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, "Barchamiz uchun Vatan bitta. Bizni yagona, ulug‘ bir maqsad birlashtiradi. U ham bo‘lsa, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligidir.

Biz Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni barchamiz birgalikda albatta barpo etamiz.

O‘z hayoti davomida tarixning ko‘p-ko‘p mashaqqatli sinovlarini mardona yengib o‘tgan azmu shijoatli, olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan mana shunday buyuk maqsadlarga albatta erishadi, deb ishonaman."

 

Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Kanalga ulanish @toshkentvxtb

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish