Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan tadbir boʼlib oʼtdi

16-04-2021
image

Yoshlar oʼrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan tadbir boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʼi asosida, yoshlar siyosati doirasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish va yoshlar bilan ishlash boʼyicha mutlaqo yangi tizimni joriy etish maqsadida viloyatda “Yoshlar dasturlari”ni amalga oshirish yoʼlga qoʼyildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4699 sonli qarori ijrosi doirasida АKT vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat Yoshlar agentligi, Xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Istiqbolli IT-Loyihalar” tanlovining viloyat bosqichi boʼlib oʼtdi.

Shuningdek, tadbir doirasida 3 ta nominatsiya boʼyicha gʼoliblar aniqlanib faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.

Iqtidorli yoshlarimizni yutuqlari bilan muborakbod etamiz va kelajakda bundan ham ulkan yutuqlar sohibi boʼlishiga tilakdoshmiz!

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish