Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

O‘rta Chirchiq tumanidagi 52-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

09-04-2021
image

Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2021-yil 10-fevraldagi “Ommaviy kitobxonlik oylari”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 21-sonli buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi 52-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida ota-onalar, maktabning pedagog xodimlar hamda boshqarmaning xodimlari tomonidan maktabga 235 dona kitob xarid qilinib maktab kutubxonasiga sovg'a qilindi.

Bunday kitob yarmarkalari joriy o‘quv yilining yakuniga qadar barcha ta’lim muassasalarida davom ettirilib, maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlari bilan yanada boyitish, o‘quvchi-yoshlarni kitobxonlikka qiziqishlari hamda kitob mutolaa madaniyatlarini yanada oshirishga hissa qo'shmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish